Qon bosimi davolash
Qon bosimi bilan bog'liq muammolarda davolash kompleks dastur asosida olib boriladi. Unga shifokor ko'rigi va kuzatuv, bosimni muntazam o'lchash, fizioterapiya muolajalari, davolovchi massaj, nafas mashqlari hamda dam olish va ovqatlanish tartibini to'g'rilash kiradi. Dastur bemorning tekshiruv natijalari va qabul qilayotgan dorilariga qarab shifokor tomonidan tuziladi.
Afzalliklar
- Kompleks va bosqichma-bosqich yondashuv
- Bosimni muntazam nazorat qilish
- Dam olish va ovqatlanish tartibini to'g'rilash
- Nafas va yengil jismoniy mashqlar
- Shifokor kuzatuvi ostida olib boriladi
