-->

Magnita terapiya

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

Magnita terapiya

Magnitoterapiya apparati (BTL) organizmga past chastotali impulsli magnit maydoni orqali ta'sir ko'rsatadi. Muolaja og'riqsiz o'tadi: davolanadigan soha ustiga yoki ostiga maxsus aplikator qo'yiladi va shifokor belgilagan dastur bo'yicha seans o'tkaziladi.

Apparat ikki kanalli — bir vaqtning o'zida ikki bemorga yoki ikki xil sohaga muolaja qilish mumkin. U asosan bo'g'im va bel og'riqlarida, shishlarda hamda tiklanish davrida qo'llaniladi. Dastur, intensivlik va seans davomiyligi sensorli ekran orqali sozlanadi.

  • Og'riqsiz va kontaktsiz muolaja
  • Ikki kanal — ikki aplikator bilan ishlash
  • Tayyor dasturlar va qo'lda sozlash rejimi
  • Boshqa fizioterapiya muolajalari bilan qo'shib olib boriladi